Kogon tumanida teatrga ketayotgan o‘quvchilar bo‘lgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashishi ortidan 2 nafar o‘quvchi vafot etgandi. Avtobus haydovchisiga sud hukmi o‘qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Navoiy viloyatida Matiz avtomashinasida uch nafar maktab o‘quvchisi YTHga uchradi. Ulardan ikki nafari voqea joyida vafot etdi, biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.
Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf o‘quvchilari qo‘llariga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgan sinf rahbari voyaga yetmaganlarni qiynoqqa solishda ayblanmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.
G‘allaorol tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi ikki o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida bolalar vafot etdi, shuningdek, mashina urib ketgan qoramol ham nobud bo‘ldi. Surishtiruv davomida haydovchi 4 oyda 11 marotaba qoida buzgani aniqlandi.
Angren shahrida 2008-yilda tug‘ilgan o‘smir o‘zidan ikki yosh katta bola bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Munavvarqori aytgandi: “Ovrupo osmonga uchar ekan, bizda soch va soqol nizolari, ovrupoliklar dengiz ostida suzar ekan, bizda uzun va kalta kiyim janjallari”. Asr o‘tsa hamki, O‘zbekiston hamon shu “janjallar” ichida. Vaholanki, huquqshunoslarga ko‘ra, Konstitutsiya bu “janjal”ni allaqachon hal qilib bo‘lgan.
Shveysariyada o‘tgan Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonliklar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sovrindorlar umumta’lim, ixtisoslashtirilgan va Prezident maktabi o‘quvchilari hisoblanadi.
Yangiyo‘l tumanida 3 nafar 6-sinf o‘quvchisi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasi”ga o‘rnatilgan byustlardan biriga nisbatan noo‘rin harakatlar qilib, so‘kingan va holat videosini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Ularning ota-onalari jarimaga tortildi.
Jizzax shahridagi 11-maktabda ota qizining 3 nafar sinfdoshini kaltakladi. Voqeaga bolalarning qizga gap otgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Chilonzor tumanidagi 162-maktabda 11-sinf o‘quvchisi tengdoshini pichoqladi. Voqeaga o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun 28-dekabrdan 2023-yilning 11-yanvariga qadar 14 kunlik qishki ta’til beriladi.
Surxondaryo viloyatida 26 ta maktabning chekka hududlardagi ta’mirtalab filiallari faoliyati tugatildi. Ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning asosiy maktablarga qatnashlari uchun 26 dona Damas avtomobili ajratildi.
Tarmoqlarda Navoiydagi kasb-hunar maktabida 2 o‘quvchi qizning raqsi aks etgan video tarqaldi. Oila va xotin-qizlar boshqarmasi raqsning «o‘zbek millatiga munosib emasligini» aytdi. O‘quvchilarning ota-onalari jarimaga tortildi.
«Gazeta.uz» dunyoning turli nuqtalarida yashayotgan va farzandi ushbu mamlakat maktabida o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashib, o‘quvchilarning kiyimiga qo‘yilgan talablar haqida so‘radi. Ularning aytishicha, MO davlatlarida majburiy forma mavjud, xorijda esa maktabga uy kiyimida borsa ham bo‘laveradi.
Parkent tumanining Obisher ko‘chasida bolalar maktabga jar yoqalab qatnayotgani aks etgan tasvirlarga tuman hokimligi munosabat bildirib, hashar yo‘li bilan qurilgan yo‘lga bahordagi yog‘ingarchilik jiddiy zarar yetgazganini aytdi. Hokimiyat muammoni yil oxirigacha hal qilishga va’da berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda R. Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining o‘quvchisi 3-qavatdan mushukni uloqtirgani aks etgan video tarqaldi. Voyaga yetmagan yigitning otasiga nisbatan bolalarni tarbiyalash borasidagi majburiyatlarni bajarmaganligi bo‘yicha protokol tuzilib, u jarimaga tortildi.
Prezident qarori bilan Mudofaa vazirligi huzurida «Vatan tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati, maktablarda esa uning otryadlari tashkil etiladi. Unga ihtiyoriy ravishda a’zo bo‘lgan 10−11-sinf o‘quvchilari orasidan bir nafariga OTMga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi. Bunda uning harakat faoliyatidagi ishtiroki va maktabdagi baholari inobatga olinadi.
IIV rahbarining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda o‘tgan yili YTHlar oqibatida 263 nafar bolalar vafot etgan. Bolalar ishtirokidagi YTHlarining oldini olish maqsadida, kelajakda maktablarda maxsus avtobus harakatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, «Yo‘l harakati xavfsizligi» bo‘yicha alohida fan kiritish taklif qilinmoqda.
Milliy gvardiya axborot xizmati Toshkentning Yakkasaroy tumanida Milliy gvardiya xodimlari pirotexnika vositalarini yashirgan maktab o‘quvchilarining sumkasidan ularni olib qo‘yganini ma’lum qildi. Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari voqea haqida zudlik bilan xabardor qilinganligi aytildi.
Shahrisabzdagi maktablardan birida o‘quvchilar poli chirib kergan sport zalida shug‘ullanyotgani haqida xabarlar tarqaldi. Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, 2022 yil maktab sport zalining pol qismi yangidan ta’mirlash rejalashtirilgan. Hozirda mavjud imkoniyatlardan foydalanib, ta’mirlash choralari ko‘rilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting